Uncategorized
Uncategorized
|
21/02/2023
Chop etish
Giyohvandlik – umr zavoli

JDPU da bo‘lib o‘tgan tadbir ana  shunday nomlandi

Hozirgi kunda giyohvandlik global muammolardan biridir. So‘nggi yillarda, yurtimizda giyohvandlikka qarshi kurashda keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Eng muhimi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘lida ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan Giyohvandlikka qarshi kurash doirasida Jizzax davlat pedagogika universitietida ham bir targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda

O‘tkazilayotgan har bir tadbirlar huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Universitetning ARM majlislar zalida tashkil etilgan navbatdagi davra suhbatiga ham Jizzax viloyati hokimligidan, viloyat IIB dan,  respublika ixtisoslashtrilgan narkologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi shifokorlari hamda imom xatiblar taklif etildi.

Tadbirda Bugun giyohvandlik girdobiga mubtalo bo‘layotganlarning ayanchli taqdiri, o‘zini chohga itargan mana shunday illat qurbonlariga ortga yo‘l topish mushkul ekanligi. Kelajak umrbod qorong‘ulik qa’riga kirmasligi uchun ham hushyor bo‘lishi lozimligi xususida so‘z yuritildi. Shuningdek davra suhbatida ishtirok etgan talaba yoshlar narkotik moddalar, boshqa taqiqlangan  illatlar zararidan  ogoh bo‘lish, sog‘lom  hayot  tarzini  keng  targ‘ib  qilish,  ushbu ezgu maqsadlarga qaratilgan tadbirlar targ‘ibot va tashviqot ishlarini ko‘paytirish xususida o‘z taklif va mulohazalarini bildrishdi.


Ulashish:
1 542
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.