Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/02/2023
Chop etish
Turkiyalik professor Xorijiy tillar fakultetida

Xabaringiz bor, universitetga Turkiyaning EMI instituti (Dilkur akademiyasi) raisi professor Himmat Karadal tashrif buyurdi. Professor Himmet Karadal universitet rektori bilan uchrashuvdan soʼng Xorijiy tillar fakultetiga tashrif buyurdi. Dastlab Xorijiy tillar fakulteti dekani professor A.Mamatov bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʼida fakultetga Turkiya universiteti professorlarini maʼruzalar oʼtishga jalb etish boʼyicha, talabalar almashinuvi, oʼzaro hamkorlikda konferensiyalar, seminarlar tashkil etish, Turkiya buniversitetlari professorlari bilan o`zaro hamkorlikda maqolalar, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga kelishib olishdi.

Shundan soʼng Turkiyalik professor Fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi va Ingliz tili oʼqitish metodikasi kafedrasi professor-oʼqituvchilari bilan uchrashdi. Davra suhbati davomida kafedra professor-oʻqituvchilari oʼzlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi va kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash boʼyicha kelishib olishdi.


Ulashish:
1 314
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.