Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/02/2023
Chop etish
Turkiyalik professor JDPU ga tashrif buyurdi.

              Jizzax davlat pedagogika universiteti xorijiy hamkorlikni mustahkamlash masalasi bo‘yicha ko‘plab xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlar bilan faoliyatni y`olga qo`ygan. Oliygoh ayni kungacha juda ko‘plab  xorijiy OTM lar bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatishga erishdi.

             Bugun universitetga Turkiyaning EMI instituti (Dilkur akademiyasi) raisi Himmet Karadal tashrif buyurdi. Professor Himmet Karadal universitet rektori Sh.S.Sharipov bilan uchrashuv chog`ida tashrifidan ko`zlangan maqsadlarga to`xtalib o`tdi. Tashrifdan maqsad o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish orqali kelgusida universitetlar o`rtasida o`zaro EMI Kongressi Xalqaro EMI tadbirlorlik va ijtimoiy fanlar kongressini o`tkazish, Turkiyada PhD va Magistratura talabalari uchun amaliyot darslari tashkillashtirish, Turkiyada akademiklari uchun tadqiqot usullari va nashriyot bo’yisha ta’lim dasturlarida ishtirok etish, Onlayn va offlayn professional sertifikat dasturlarida o`zaro ishtirok etish

Tomonlar o‘zaro hamkorlikning kelgusidagi rejalarini muhokama qilishdi. O‘zaro muloqot jarayonida ikki yurt oliy o‘quv yurtlarii o‘rtasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashuvi, Turkiya universitetlari tajribali professor-o‘qituvchilarning ma’ruzalarini, darslarini tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlarning hamkorlikda ilmiy-tadqiqot olib borishlari borasida bir qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Uchrashuv so‘ngida ikki davlat Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, shu bilan birga, taklif va mulohazlarni o‘rganib har bir yo‘nalish bilan alohida hamkorlik tashkil etishga kelishib olindi.

Ushrashuvdan so`ng professor Himmet Karadal Xorijiy tillar fakultetiga tashrif buyurdi. Fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi va fakultet professor-o`qituvchilari bilan uchrashdi.


Ulashish:
1 578
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...