Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetining “Izlanish” klubi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlab “NAVOIY VORISLARI” tanlovini o‘tkazdi
Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkailaishi davom etmoqda. JDPU qoshidagi “Izlanish” klubi ham buyuk ma’rifat peshvosi hazrat Alisher Navoiy boqiy siymosiga ehtirom tarzida, serqirra adabiy ijodining o‘lmas namunalaridannbahramand bo‘lish, qolaversa, daho adibning hikmatlaridan ma’rifat olish maqsadida yod olingan “Navoiy vorislari” tanlovini tashkil etdi. Mazkur tanlov joriy yil, 19-fevral kuni universitet axborot resurs markazining majlislar zalida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tanlovni “Izlanish” klubi rahbari ochib berdi. Navoiyshunos olima, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Jizzax bo‘limi a’zosi Z. Mamadaliyeva “Alisher Navoiy ijodini anglash vorislarga munosib” mavzusida mazmunli ma’ruza qildi.
«Navoiy vorislari» adabiy-ma’rifiy bellashuvda ishtirokchilar uch shart asosida o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon qildilar.
«Navoiy nazm gulshani» deb nomlangan birinchi shartida adibning durdona g‘azal, ruboiy va tuyuqlarini to‘xtamay davomiylikda ifodali o‘qish talab etildi.
«Hikmatlar bo‘stoni» deb nom olgan navbatdagi shartida esa Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, “Hayrat ul abror” asarlaridan keltirilgan ilm, ustoz, tilga muhabbat mavzulari doirasida keltirilgan mashhur hikmatlarini so‘zlab berish bilan birga bugungi kunga yoshlar hayotiga bog‘lagan holda sharhlab berish ham ko‘zda tutildi.
Uchinchi shart tanlov ishtirokchilariga emas, balki tomoshabin talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, “Navoiy – tafakkurimda, ijodimda” mavzusida kichik esse yoki maktub yozish talab etildi. Tanlov ishtirokchilarining mahorati, bilim va iqtidori jyuri a’zolari tomonidan munosib va shaffof tarzda baholandi. Tanlov natijalarini e’lon qilarkan, JDPU ARM xodimi Mahliyo Bobonazarova ishtirokchi talabalarning Navoiy manzumalarini aruz vaznida ifodali o‘qilganiga ham e’tibor berganligini ta’kidladi. Shuningdek, ikkinchi shart bellashuvida hikmatlarni bugungi kunga bog‘lab sharhlashda chiroyli nutq bilan yondasha olgan ishtirokchilarni alohida e’tirof etdi. Mazkur tanlov tadbirida O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashidan ham mehmon sifatida vakillar ishtirok etdilar. Jumladan, xotin-qizlar faolligini oshirish masalalari bo‘yicha mutaxassis Ra’no Yunusova So‘z olib, uchunchi – “Navoiy – tafakkurimda, ijodimda” mavzusida kichik esse yoki maktub yozish shartini bajargan talabalardan U.Nazarova, M.Beknazarova, D.Abdurashidova va Z.Axtamovalarni eng yaxshi maktub egasi nominatsiyaga munosib deb topdi. O‘zMTDP ОАV bosh mutaxassisi Jamshid Mutalov tanlovda ishtirok etgan talaba-qizlarni partiyaning tashakkurnoma va sovg‘alari bilan taqdirladi. Tanlov tarzida o‘tgan ma’rifiy tadbir yakunida “Izlanish” klubi rahbari D.Salimova so‘z olib, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti iqtidorli talabalari Hilola Tilovova va Jo‘rabek Ergashevga ushbu tadbirni o‘tkazish taklifini bergan va uni mazmunli tashkil etishda tashabbus ko‘rsatgan hamda tadbirni ko‘tarinki ruhda olib borganliklari hamda tanlovni tashkil etishda qo‘llab-quvvatlagani uchun JDPU ARM rahbariyati, MTDP Jizzax viloyati kengashi raisiga klub nomidan samimiy minnatdorchilik izhor qildi. Shuningdek, tadbir boshlovchisi J.Ergashev klub qoshida “Navoiy vorislari” tanlovini an’anaviy tarzda har yili o‘tkazish taklifini berdi. Alisher Navoiy ijodidan bir qatra bo‘lsa ham ma’rifiy oziq olingan ushbu tadbir barcha tomoshabin va ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.