Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yillik tavallud ayyomiga bag‘ishlangan tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika universitetida Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan «She’riyatning ikki qanoti» shiori ostida ma’naviy va ma’rifiy kecha tashkil etildi.   Adabiy kechani universitet rektori, professor Sh.Sharipov o‘z nutqi bilan ochib berdi. Universitet rektori A.Navoiy va Z.M.Bobur hayoti va ijodi haqida fikrlar bilidirib, o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar bobolarimizning ma’naviy merosi va tarixini o‘rganishdagi ahamiyati qay darajada muhim ekanligiga to‘xtalib o‘tdi.Tadbirni faol va ijodkor talaba yoshlarning taqdirlash marosimi davom ettirdi. Ijodiy kechaga universitet qoshida tashkil etilgan E.Lutfullaev nomidagi talabalar maqomchilar ansambli ishtirokidagi teatrlashtirilgan konsert dasturi yakun yasadi. Tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari S.Rahimov ham ishtirok etdi.