Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/02/2023
Chop etish
Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning o’rni

Xalqaro forum ana shunday nomlandi.

JDPUning kichik majlislar zalida «Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning o’rni» mavzusida o’tkaziladigan xalqaro forumda Jizzax viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassalari olima ayollari, magistrlar, bakalavir ta’lim talaba- qizlari ishtirok etishdi.

Xalqaro forumni JDPU ilmiy ishlar prorektori  Qodirov G’.O’. o’zining kirish so’zi bilan ochdi va JDPUda olima ayollar, magistrlar mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar haqida ular tomonidan amalga oshiralayotgan  ishlari haqida fikr- mulohazalarini bildirdi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan Xalqaro forumni  Norboyeva Tanzila Kamalovna kirish so’zi bilan ochdi. Tanzila Norboyeva o’z nutqida O’zbekistonda xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish borasidagi ishlarni aytib o’tdi. Ijtimoiy faoliklarini oshirishga qaratilgan islohatlar jarayoni, xotin-qizlarni  bosqichma-bosqich o’qitish jarayonidagi islohatlar haqida alohida to’xtaldi.

Forumda ma’ruzachilar tomonidan  xotin-qizlarning, olima ayollarning  olib borayotgan ilmiy ishlarida, sifat o’zgarishlar bo’layotganligi, iqtidorli yosh tadqiqotchilarning o’rinli mavzular ostida ilmiy izlanishlari haqida ham so‘z bordi.

Shuningdek, forumda xalqaro tashkilotlardan ham ko’p ma’ruzachilar so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga, ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkonyatlar haqida o‘z mulohazalarini takliflarini bildirishdi.Forum yakunida viloyatdagi 5ta OTMda faoliyat yuritayotgan olima ayollar, mustaqil tadqiqotchilar doktorantlar, magistrlar ham ishtirok etishdi.


Ulashish:
1 168
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.