Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/01/2023
Chop etish
Sportchi talabalar taqdirlanishdi.

Xabaringiz bor 18-26 yanvar kunlari Tayland poytaxti Bangkok shahrida boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib o‘tdi.

JDPU Jismoniy madaniyat fakulteti talabalaridan 4-nafari Taylandga Osiyo chempionatida ishtirok etib sovrindor bo‘lib qaytishdi. Sportchi talabalarimiz yorug‘ yuz bilan yurtimizga qaytib kelishdi. Bugun  ana shu sportchi talabalar universitetda tantanali ravishda kutib olindi. Dastlab Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi bilan bo‘lgan suhbatda, fakultet dekani F.Ahmedov sportchi talabalarimizdan barcha ustozlar va talabalar faxrlanishini, ular haqli ravishda bu yutuqlarga erishganliklarini  aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng sportchi talabalarimiz universitet ilmiy kengashida alohida e’tirof etildi. Yurtimiz bayrog‘ini, viloyatimiz qolaversa oliygohimiz sha’nini yuksaklarga ko‘targan va butun dunyoga tanitgan sportchi talabalarimiz universitet rektori Sh.Sharipov tomonidan tashakkurnomalaar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida so‘z olganlar Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kirtigan Jaxongir Zokirov, Nigina O‘ktamova, kumush medal sohibasi Aziza Qurbonova, bronza medal bilan taqdirlangan  Sabohat Hushvaqtovalarga  bundan-da yuqori natijalarga erishishilariga tilak bildirishdi.


Ulashish:
1 293
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.