Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/01/2023
Chop etish
Osiyo chempionatida JDPU dan 4 nafar sovrindor chiqdi.

JDPU Jismoniy madaniyat fakulteti talabalaridan 4-nafari Taylandga Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan edi, Musobaqlar davomida universitetning 1-kurs talabasi Aziza Zokirova va 3-kurs Nigina  Oʻktamovalar final bosqichiga yetib kelishdi. Talabamiz Nigina Oʻktamova Xitoylik raqibasini 5:0 hisobida magʻlub etgan holda Osiyo chempionatida oltin medalga ega boʻldi. 1-kurs talabasi Aziza  Zokirova esa kumush medal sohibasi bo‘ldi.  3-o‘rin Sabohat Hushvaqtovaga nasib etdi. Talaba qizimiz bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bugun  26- yanvar kuni yana bir talabamiz Jahongir Zokirov finalda ringga koʻtarildi. +92 kg vazn toifasida Jahongir Zokirov finalda xitoylik Aijaxair Tuongongdajiga qarshi jang o‘tkazdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi! Talabami, faxrmiz Jaxongir Zokirov ham  oltin medal sohibi bo‘ldi. To‘rt nafar sportchi talabalarimizni chsin dildan g‘alaba bilan muborakbod etamiz. Ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Universitet rahbariyati sportchi talabalarimizni ustozlariga ota-onalariga mana shunday farzandlarni voyaga yetkazib tarbiyalagani uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Sportchi talabalarimiz yorug‘ yuz bilan yurtimizga, jonajon universitet bag‘riga qaytib kelishsin. Omad hamisha yor bo‘lsin


Ulashish:
1 143
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.