Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/12/2022
Chop etish
«Eng faol kitobxon» talaba tanlovi bo’lib o’tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida  «2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash Milliy dasturi» doirasida talabalar o’rtasida «Eng faol kitobxon» talaba tanlovi bo’lib o’tdi.

Ishtirokchilar tezkor savol-javob hamda parcha olingan asar nomini topish va sharhlash orqali o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari bo‘yicha bilimlarini namoyon etishdi.

Tanlovda universitetning  Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Shoxsanam Andaqulova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.Tarix fakulteti talabasi Murod Sulaymonov hamda  O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Diyorbek Normatov  ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Faxrli uchinchi o‘rin esa O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Munisa Yakubovaga nasib etdi.

Taqdirlash marosimida g‘oliblarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ulashish:
1 591
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.