Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/12/2022
Chop etish
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv jarayoni va o‘quv sifatini takomillashtirish muammolari”  mavzusidagi  ilmiy – amaliy konferensiya tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 martdagi 101-F-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “2022 yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga muvofiq Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktab menejmenti kafedrasi tomonidan “Ta’lim muassasalarida boshqaruv jarayoni va o‘quv sifatini takomillashtirish muammolari”  mavzusidagi  Respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Mazkur konferensiyada respublikamizning yetakchi olimlari tomonidan uzluksiz ta’lim tizimi boshqaruvi hamda oliy ta’limda ilg‘or innovatsiyalarni joriy etishning pedagogik imkoniyatlari ochib berish, ta’lim muassasalarida o‘quv sifatini oshirish jarayonga yangicha pedagogik texnologiyalarning tatbiq etish, ta’lim muassasalarida talaba qizlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlashning pedagogik texnologiyalari joriy etish kabi dolzarb mavzularda so‘z bordi. Konferensiya o‘z yo‘nalishlarida faoliyat olib bordi, tegishli xulosalar qilindi hamda amaliyotga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.


Ulashish:
1 567
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.