Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/12/2022
Chop etish
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Tadqiqotchilik va kreativ sa’y-harakatlarni qo‘llaymiz” mavzusida  VII xalqaro talabalar simpoziumi bo‘lib o’tdi.

Simpoziumda Ruminiya, Xitoy, Qozog‘iston, Belarus, Qatar davlatlaridan, shuningdek, Buxoro, Toshkent, Samarqand oliygohlar talabalari bilan bir qatorda JDPU iqtidorli talabalari ham ishtirok etdi.

Simpozium iqtidorli talabalarga o‘z ishlarini xalqaro anjumanga yoki ma’lum bir fanga oid ilmiy anjumanlarga teng professional muhitda taqdim etish imkoniyatini berdi. Universitetimiz iqtidorli talabalari Ilyosov Umidjon, Abduraimov Abdulaziz, Fayzullayeva Gavhar, Melsova Laylo, Azimova Durdona, Abdusobirova Marjona, Norboyeva Go’zal, Yangiboyeva Feruzalar o’z taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Ishlari yuqori baholangan talabalar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek mazkur simpoziumda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i D.Fazilovaga «Eng faol tashkilotchi» nominatsiyasi bo’yicha halqaro sertifikat topshirildi. Hamda iqtidorli talabamiz Abduraimov Abdulaziz “Best Student Paper Award” nominatsiyasi bo’yicha xalqaro sertifikatni qo’lga kiritdi.

 


Ulashish:
1 481
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.