Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “Akademik mobillik” grantlari va stajirovkalari dasturini amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi PQ-289-son “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi va Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedralari professor-o‘qituvchilari: dos. G.Xolboeva, dos. G.Quttibekova va v.b. prof. G.Jumanazarovalarga 2022 yil 21-22 noyabr kunlariga Janubiy Qozog‘iston Muxtor Avezov nomidagi universiteti «Pedagogik texnologiyalarning predmeti, maqsad va vazifalari» mavzusida amaliy seminar – trening va vebinar o‘tkazib kelishdi. Seminar – trening qizg‘in bahs munozara, savol-javoblar bilan o‘tdi. Seminar-trening qatnashchilari ilmiy va nazariy yangiliklarga boy bo‘lgan bunday seminarlar sonini yanada ko‘paytirish, ayniqsa boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llab, faniga bugungi kundagi katta ahamiyati haqida, shu soha buyicha kuchli mutaxasislarning ko‘p marotaba yanada ko‘proq jalb etish, jumladan M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan hamkorlikni yanada yulga quyish masalasi bo‘yicha aytib o‘tishdi.
Yangiliklar
- All
- Ekofaol talabalar
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- Mahalla va universitet
- Ustozlar suhbatin qo‘msar bu ko‘ngil
Yangiliklar
|
24/11/2022
Chop etish
JDPU lik ustozlar Qozog‘istonda bo‘lib qaytishdi.
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.

korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma

2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining majlislar zalida 3-bosqich doktorant Qalandarova Safiya Tohirovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
So'nggi yangiliklar
15/07/2025
