Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/11/2022
Chop etish
JDPU lik ustozlar Buyuk Britaniyada stajirovka o‘tashmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilari  D.Baxriddinova, G. G‘anieva, A. Jabbarova  O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2020-2021 yil tashkil etilgan tanlovda g‘olib bo‘lib, hozirda Buyuk Britaniyaning Norvich shahrida joylashgan Norvich til o‘qitish institutida ilmiy stajirovka o‘tashmoqda. Ilm olishga ishtiyoqi baland, bo‘lajak  olima ustozlarimizga yaratilayotgan  imkoniyatlarga havas qilsa arziydi. Ayni paytda Buyuk Britaniyada  malaka oshirayotgan hamkasblarimiz Norvich til o‘qitish instituti rahbariyati bian uchrarshishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchrashuv chog‘ida ular  JDPU rektorining NILE rahbariyati va o‘qituvchilariga  sertifikatlari topshirish bilan bir qatorda uning samimiy tilaklarini ham yetkazishdi. Shuningdek uchrashuv davomida  Norvich til o‘qitish instituti rahbariyati bilan ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli rejalari haqida xam suhbatlashishdi.


Ulashish:
1 455
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.