Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/11/2022
Chop etish
Kitob – aql chirog‘i, tafakkur qanotidir

Jizzax davlat pedagogika universiteti Talabalar yotoqxonasida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi

17 noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan  o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti To‘lqin Eshbek mehmon bo‘ldi.

Talabalar yotoqxonasida bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuv talabalar uchun ma’naviyat sarchashmasi, ularning tafakkurini boyituvchi, ruhiyatiga ozuqa beruvchi, yuksak saviyada o‘tkazilgan tadbir desak xato qilmagan bo‘lamiz. Universitetning Pedagogika va psixologiya fakulteti tomonidan tashkillashtirilgan Kitobxonlik, kitob qadri mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbati  eng yaxshi kitobxonlari va  bilimdonlarini kashf etdi. Ona tabiatni oftob isitsa, inson qalbini kitob ilitadi.

 

 

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchisi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishdan iborat. Talabalar bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuv davomida To‘lqin Eshbek yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish, ularning badiiy savodxonligini yanada oshirish va mutolaa muhitini shakllantirishda mana shunday uchrashuv va davra suhbatlarining o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab o‘tdi. “Kitob-aql chirog‘i, tafakkur qanotidir” shiori ostida bo‘lib o‘tgan davra suhbati  yakunida talaba yoshlar  mashhur yozuvchi va shoirlarning asarlaridan parchalar o‘qib berishdi. Eng faol talaba yoshlarga To‘lqin Eshbek qalamiga mansub  asarlar taqdim etildi.


Ulashish:
1 623
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...