Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/11/2022
Chop etish
 “Madaniyat karvoni” doirasida katta konsert dasturlari tashkil etilmoqda.

Davlat rahbari tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Madaniyat karvoni” hamda “Ma’naviyat festivali”da har bir hududga 150 nafardan ortiq olimlar, ziyolilar, ijodkorlar, san’at ahli, kinoaktyorlar jalb qilinib, ular eng chekka qishloq, mahallalarda bo‘lib, odamlar bilan yuzma-yuz suhbatlashmoqda.

Ana shunday ezgu  maqsadlarni ko‘zlagan “Madaniyat karvoni” va “Ma’naviyat festivali” i  Jizzax viloyatida ham davom etmoqda. Kuni kecha 10 nafarga yaqin sa’natkorlar, aktyorlar, shoir va yozuvchilar Jizzax davlat pedagogika universitetida mehmon bo‘lishdi. Jizzax davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida boshlangan ijodiy uchrashuv davomida  sa’nat ixlosmandlari aktyor va aktrisalar bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Muloqot davomida sa’natkorlar tomonidan ularni elga tanitgan obrazlardan parchalar mahorat bilan ijro etildi.  Savol javoblar v a ochiq muloqotdan so‘ng sa’natkorlar guruhi talabalar dars jaaryonlarida ishtirok etishdi. Bir dam o‘zlarini talabadek his etgan sa’nat namoyondalari audiotoriyadagi talabalar va ustozlarga  yoshlik va go‘zal xotiralarni taqdim etishgani uchun minnatdorchilik bildirishdi.

“Madaniyat karvoni” hafta davomida jizzaxliklarni xushnud qiladi. Chekka qishloqlarda tuman va shaxarlarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz dardiga malham, xursandchiligiga sherik bo‘lishadi…esda qolar lahzalarni hadiya etishadi…bu esa yurtdoshlarimiz orasida o‘zaro mehr rishtalari bog‘lanishiga, odamlar qalbiga iliqlik olib kirishi  shubhasiz.


Ulashish:
1 415
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.