Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/11/2022
Chop etish
«Yashil makon» umummilliy loyihasi davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti  jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish mavsumida universitetimiz hududlariga ko‘chatlarni ekish tadbirlari davom etmoqda.  Mazkur umummilliy loyiha doirasida universitet jamoasi va talabalari faol ishtirok etmoqda. Universitet bog’iga 14 noyabr kunining uzida  4900 ta terak ko’chatlari ekildi.

Ushbu loyihada ishtirok etuvchi barcha profesor-o‘qituvchilar, talabalar va ishchi-xodimlar  har bir ko‘chatni boshqa daraxt va nihollarga halaqit qilmaydigan darajada  qilib ekishga e’tibor qaratdik. Shuni alohida ta’kidlashim lozimki, universittetning Sirtqi bo‘lim hududiga ekilgan 4900 terak qalamchalari, viloyatning iqlim sharoitiga mos bo‘lgan urug‘lardan yetishtirib chiqilgan terak qalamchalaridir. Shu daqiqalarda barcha talabalarga, jamodagi hamkasblarimga yana bir bor murojaat qilaman daraxt ekib bog‘ yaratishdek ezgu ishda biz bilan birga bo‘lishsin,-deydi universitetning Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Nazarqosimov


Ulashish:
1 327
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.