Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/10/2022
Chop etish
«Tilimiz – boyligimiz» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Sirtqi bo’lim Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasida tomonidan «21-oktabr – O’zbek tili bayrami kuni» munosabati bilan «Tilimiz – boylligimiz» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi targ’ibotchisi, shoir Hayot Shodmon, kafedra professor-o’qituvchilari va sirtqi bo’lim talabalari ishtirok etdi. Ushbu til bayramida kafedra dotsenti Qobul Kubayev o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilish tarixi va ahamiyati haqida ma’ruza o’qidi. Shoir Hayot Shodmon tomonidan o’zbek tilida mavjud bo’lgan asl turkiycha so’zlarning variantlari izohlab berildi. Tadbir davomida professor-o’qituvchilar va talabalar bayram haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bayram so’ngida she’rxonlik tashkil etildi.


Ulashish:
1 086
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.