Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/10/2022
Chop etish
Hamkorlik takliflari muhokamasiga hamisha tayyormiz

JDPU ga Novosibirsk davlat universitetidan mehmonlar tashrif buyurdi.

Sohada hamkorlikni yanada mustahkamlash, kelgusidagi pirovard masalalarni kelishib olish maqsadida joriy yilning 19 oktabr  kuni Novosibirsk davlat universitetidan tarix fanlari doktori professor A.S.Zuev boshchiligidagi professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya  Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipov oliygohlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va bugungi tashrif aloqalarimizni yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi. Tashkil etilgan uchrashuvda universitet rektori Jizzax vohasi, yaqin kunlarda o‘zining 50 yillik tantanalarini nishonlash arafasida turgan ta’lim muassasasi xususida  ham  ma’lumotlarni taqdim etdi. Suhbat davomida rektor shuningdek oliygohlar o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik aloqalarining istiqbolli yo‘nalishlari Novosibrsk davlat universitetining  professor-o‘qituvchilarini oliygohga talabalarga dars berish maqsadida taklif etish, talabalar va ustozlar mobilligi, boshqa yo‘nalashilar o‘rtasida ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Muloqot jarayonida Novosibirsk davlat universitetining vakili A.S.Zuev tomonidan O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari xususan JDPU bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish ikki tomonlama ham manfaatli ekanligi va bu ishlarni jadallashtirish uchun choar-tadbirlarni belgilab uni tezroq amalaga oshirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Samimiy va ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuv so‘ngida, mehmonlarga universitet ma’muriyatining maxsus sovg‘alari ulashildi. O‘z navbatida mehmonlar hamesdalik sovg‘alarini topshirishdi.Tashrifning ilk kuni oliygohning Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalri bilan uchrashuv hamda  Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyiga   sayohat bilan yakunlandi.


Ulashish:
1 242
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.