— 60111200 —
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yo’nalishining umumiy tavsifi
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o‘quv yili bo‘yicha 60 kreditni to‘plashi zarur. O‘qish muddati 3 yil bo‘lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 180 kredit to‘lashi kerak.
Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi – umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik kadr jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:
- – umumiy о‘rta ta’lim ,o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fanlaridan o‘rnatilgan tartibda dars berish;
- – mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirlilar, ularning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi fani bo‘yicha metodist bo‘lib ishlash
- – pedagogika va musiqa fanlar yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy hodim bo’lib ishlash;
- – ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
- – arxivlarda, axborot-resurs markazlarida, nashriyotlarda, ommaviy-axborot muassasalarida, qo’lyozma fondlarida, turli tadbirkorlik sub’ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash;
- – mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash;
- – ishlab chiqarish sohalarida, kasbiy ta’lim pedagogikasi va texnologiyasi, o‘qitishning didaktik vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish:
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan muddatlarda o‘qishni davom etirishlari mumkin.
I o’quv yili / 1-semester
Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | Fan nomi | Soat | Kredit | Tanlov turi |
---|---|---|---|---|---|
1.01 | 351ManM02 | Ma’naviyatshunoslik | 60 | 2 | Majburiy fan |
1.03 | 351O‘EYTM04 | O‘zbekistonning eng yangi tarixi | 60 | 2 | Majburiy fan |
1.04 | 351XTM1008 | Xorijiy til | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.06 | 351YFGM04 | Yoshlar fiziologiyasi va gigiyena | 60 | 2 | Majburiy fan |
1.10 | 351ChGM1008 | Chizma geometriya | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.11 | 351ChM1008 | Chizmachilik | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.12 | 351NQM1008 | Natryumort qalamtasviri | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.12 | 351RtM1008 | Rangtasvir | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.14 | 351MM1004 | Miniatyura | 120 | 4 | Majburiy fan |
Jami: | 900 | 30 |
I o’quv yili / 2-semester
Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | Fan nomi | Soat | Kredit | Tanlov turi |
---|---|---|---|---|---|
1.02 | 351FalM04 | Falsafa | 60 | 2 | Majburiy fan |
1.04 | 351XTM08 | Xorijiy til | 60 | 2 | Majburiy fan |
1.05 | 351O‘RIM04 | O‘zbek (rus) tili | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.10 | 351ChGM1008 | Chizma geometriya | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.11 | 351ChM1008 | Chizmachilik | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.12 | 351NQM1008 | Natryumort qalamtasviri | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.13 | 351RtM1008 | Rangtasvir | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.15 | 351TSTM1004 | Tasviriy san’at tarixi | 180 | 6 | Majburiy fan |
Jami: | 900 | 30 |
II o’quv yili / 3-semester
Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | Fan nomi | Soat | Kredit | Tanlov turi |
---|---|---|---|---|---|
1.07 | 351TATM1004 | Umumiy psixologiya | 180 | 6 | Majburiy fan |
1.16 | 351RKM1008 | Rangtasvir kompozitsiyasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.17 | 351TsMgO’MM1008 | Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o’qitish metodikasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.18 | 351MKGM1004 | Muhandislik kompyuter grafikasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.19 | 351UHZM04 | Amaliy bezak san’ati | 120 | 4 | Majburiy fan |
2.01 | 351TFPA | Plastik anatomiya | 120 | 4 | Tanlov fan |
2.02 | 351TFTPQ | Portret qalamtasviri | 120 | 4 | Tanlov fan |
Jami: | 900 | 30 |
II o’quv yili / 4-semester
Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | Fan nomi | Soat | Kredit | Tanlov turi |
---|---|---|---|---|---|
1.08 | 351UmPsixM08 | Umumiy pedagogika | 180 | 6 | Majburiy fan |
1.16 | 351UHZM1004 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.16 | 351RKM1008 | Rangtasvir kompozitsiyasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.17 | 351TsMgO’MM1008 | Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o’qitish metodikasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
2.02 | 351TFTPQ | Portret qalamtasviri | 120 | 4 | Majburiy fan |
2.02 | 351TFKG | Kitob grafikasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
351MPA04 | Malakaviy va pedagogik amaliyot | 120 | 4 | Majburiy fan | |
Jami: | 900 | 30 |
III o’quv yili / 5-semester
Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | Fan nomi | Soat | Kredit | Tanlov turi |
---|---|---|---|---|---|
1.20 | 351AQAM1004 | Akademik qalamtasvir asoslari | 180 | 6 | Majburiy fan |
1.21 | 351DRT1006 | Dastgohli rangtasvir | 180 | 6 | Majburiy fan |
1.22 | 351HM1006 | Haykaltaroshlik | 120 | 4 | Majburiy fan |
2.4 | 351TFGTA3D | Grafik tasvirlash asoslari va 3D modellashtrish | 120 | 4 | Tanlov fan |
2.5 | 351TFSAKI | Syujet asosida kompozitsiya ishlash | 180 | 6 | Tanlov fan |
2.6 | 351TFTSTNK | Tasviriy san’at texnologiyasi va nusxa ko’chirish | 120 | 4 | Tanlov fan |
Jami: | 900 | 30 |
IV o’quv yili / 6-semester
Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | Fan nomi | Soat | Kredit | Tanlov turi |
---|---|---|---|---|---|
2.09 | 351MPA26 | Malakaviy va pedagogik amaliyot | 780 | 26 | Majburiy fan |
2.10 | 351YDA04 | Yakuniy davlat attestasiyalar | 120 | 4 | Majburiy fan |
Jami: | 900 | 30 |
Fanning maqsad va vazifalari
Fanining maqsadi — Birinchidan, fazoviy shakllarni biror tekislik yoki sirtda tasvirlash usullarini tadqiqot qilish.Ikkinchidan, fazoviy va tekis shakllarning parallel proyeksiyalash usuli yordamida tekislikda hosil qilingan tasvirlari bo‘yicha ularning geometrik xossalarini tadqiq qilish. Uchinchidan, tekis va fazoviy shakllar orasidagi pozitsiyaviy va metrik munosabatlarni ularning hosil qilingan tekis tasvirlari orqali aniqlash usullarini tekshirish. To‘rtinchidan, talabalarda fazoviy tasavvur va muhandislik tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltiradigan misol va masalalarni tadqiq qilish. Qayd qilingan barcha maqsadlarda tasvir tekisligi va uch o‘lchamli fazo orasidagi bog‘liklik qonuniyatlari tadqiq qilinadi va o‘rganiladi.
Fanining vazifasi — Talabani chizma geometriyaning kelib chiqishi, uning rivojlanish tarixi va amaliy ahamiyati bilan tanishtirish;talabalarda konstruktorlik fikrlashni rivojlantirib, ularda loyihalash qobiliyatini shakllantirish; talabalarda fazoviy tasavvurni, ya’ni xotira tasavvurini rivojlantirish;tafakkur, ijodiy qobiliyat va iste’dodni rivojlantirish; ta’limda ko‘nikma bilan malakani takomillashtirish;fanni o‘rganish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakasi bilan bog‘liq bilish faoliyatini tashkil qilish; markaziy va parallel proyeksiyalashda jismlarning hosil qilingan tekis tasvirlari bo‘yicha ular orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni tekshirish usullarini o‘rgatish; vertikal, og‘ma tekisliklarda, egri sirtlarda perspektiv tasvirlarni qurish hamda ular ustida pozitsion va metrik masalalar echish yo‘llarini o‘rgatish; gorizontal, vertikal va og‘ma ko‘zgu sirtlarida va suv yuzasida ob’ektning aks tasvirlarini yasash usullarini o‘rgatish.
Fan yakunida talaba qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi?
- – – Proyeksiyalash usullarining qonuniyatlari, fazoviy geometrik va tabiiy jismlarni tekislik yoki sirt yuzasida tasvirlashning nazariy asoslari, markaziy va parallel proyeksiyalash usullarida pozitsion va metrik masalalar yechishning nazariy asoslari, perspektiv tasvir qurish usullari haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
- – – Talaba uch o‘lchamli fazoda joylashgan buyumlarning ikki o‘lchamli tekislik yoki sirt ustida tasvirini yasash, proyeksiyalash usullarida geometrik shakllar orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarini tekshirish, ob’ektlarning perspektiv tasvirlarini qurish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- -Talaba chizma geometriya nazariyasi va metodlaridan turli geometrik, texnikaviy masalalarni yechishda unumli usullarni tanlay olish va uni amalda qo‘llash, avvaldan berilgan shartlarga asosan sodda egri chiziq va sirtlarni loyihalash, perspektiv tasvirlarni tahlil qilish to‘g‘risida aniq malakalarga ega bo‘lishi kerak.
Fanning qisqacha bayoni:
Chizma geometriya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Chizma geometriya faniga kirish, O‘zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda Chizma geometriya fanining rivojlanish tarixi Chizma geometriyaning asosiy tushuncha va qonunlari, Chizma geometriya fanida maslalar yechish, ularning xillari va bajaradigan vazifalari bayon qilingan. Fanni puxta o‘zlashtirish nazariy matеriallarni bilish bilan birga, talabalarning pеdagogik amaliyoti davrida va bitirgandan keyingi ishlarda ko‘nikma sifatida xizmat qiladi.
Dars turi va baholash usuli
Dars turi | 1-semestr | Nazoratlar | Ball taqsimoti |
---|---|---|---|
Ma’ruza mashg’uloti | 20 soat | Oraliq nazorat | 20 ball |
Amaliy mashg’ulot | 40 soat | joriy nazorat | 20 ball |
Mustaqil ta’lim | 60 soat | Joriy nazorat | 10 ball |
Yakuniy nazorat | 50 ball |
Dars turi | 2-semestr | Nazoratlar | Ball taqsimoti |
---|---|---|---|
Ma’ruza mashg’uloti | 20 soat | Oraliq nazorat | 20 ball |
Amaliy mashg’ulot | 40 soat | joriy nazorat | 20 ball |
Mustaqil ta’lim | 60 soat | Joriy nazorat | 10 ball |
Yakuniy nazorat | 50 ball |
Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o’tkazish jadvali
5 baholik shkala | 100 ballik shkala |
---|---|
5,00 — 4,96 | 100 |
4,95 — 4,91 | 99 |
4,90 — 4,86 | 98 |
4,85 — 4,81 | 97 |
4,80 — 4,76 | 96 |
4,75 — 4,71 | 95 |
4,70 — 4,66 | 94 |
4,65 — 4,61 | 93 |
4,60 — 4,56 | 92 |
4,55 — 4,51 | 91 |
4,50 — 4,46 | 90 |
4,45 — 4,41 | 89 |
4,40 — 4,36 | 88 |
4,35 — 4,31 | 87 |
5 baholik shkala | 100 ballik shkala |
---|---|
4,30 — 4,26 | 86 |
4,25 — 4,21 | 85 |
4,20 — 4,16 | 84 |
4,15 — 4,11 | 83 |
4,10 — 4,06 | 82 |
4,05 — 4,01 | 81 |
4,00 — 3,96 | 80 |
3,95 — 3,91 | 79 |
3,90 — 3,86 | 78 |
3,85 — 3,81 | 77 |
3,80 — 3,76 | 76 |
3,75 — 3,71 | 75 |
3,70 — 3,66 | 74 |
3,65 — 3,61 | 73 |
5 baholik shkala | 100 ballik shkala |
---|---|
3,60 — 3,56 | 5 baholik shkala |
3,55 — 3,51 | 5 baholik shkala |
5 baholik shkala | 70 |
3,45 — 3,41 | 69 |
3,40 — 3,36 | 68 |
3,35 — 3,31 | 67 |
3,30 — 3,26 | 66 |
3,25 — 3,21 | 65 |
3,20 — 3,16 | 64 |
3,15 — 3,11 | 63 |
3,10 — 3,06 | 62 |
3,05 — 3,01 | 61 |
3,00 | 60 |
3,0 dan kam | 60 dan kam |