Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
15/07/2022
Chop etish
E ‘ L O N!

E ‘ L O N!

Jizzax davlat pedagogika universiteti qabul komissiyasi 2022- yil 15-iyuldan boshlab oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼqishini qayta tiklash va koʼchirish boʼyicha hujjatlar olinishi boshlanganini maʼlum qiladi!

Oʼqishni koʼchirish boʼyicha arizalarni taqdim etish — har yili 15-iyuldan-5- avgustga qadar transfer.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Arizalarni oliy taʼlim muassasasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasi tomonidan koʼrib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 5-avgustdan 30-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Oʼqishni tiklash va koʼchirish bilan bogʼliq munosabatlar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼqishini koʼchirish, qayta tiklash va oʼqishdan chetlashtirish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.

Batafsil ma’lumotlar uchun : Abituriyentlarga maslahat va ma’lumotlar beruvchi Call-center📞 72-221-55-16 telefon raqamlariga va o’qishni ko’chirish va tiklash bo’yicha mas’ul To’ychi Ahmedovga  ( tel: +998 97-326-39-20 raqamiga )  murojaat qilishingiz mumkin.


Ulashish:
1 029
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU talabalari “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” respublika bosqichiga kuzatildi
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan mazkur olimpiadada respublikadagi 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi ishtirok etgan bo‘lib, saralash bosqichlari yakunlariga ko‘ra 79...
“San’atimiz sarhadlaridan sadolar” — jonli ijrodagi konsert dasturi yuqori saviyada o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish, milliy madaniyatimizni keng targ‘ib etish bo‘yicha belgilangan vazifalari hamda 1-iyun kuni madaniyat va san’at xodimlari...
Xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Toshkentdagi Vebster universiteti rektori Dr. Jean Paul van Marissing boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.