Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/12/2021
Chop etish
“Biz turlimiz. Biz tengmiz” shiori  ostida o‘tkazilgan tadbir barchani birlashtirdi.

Jizzax davlat pedagogika institutida tashkil etilgan xayriya tadbiri jamiyatdagi barcha qatlamlarning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish  orqali xalqimiz jipsligini ta’minlash tamoyili asosida o‘tkazildi desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Jizzax viloyatidagi  mahallalarda istiqomat qiluvchi 100 nafarga yaqin  kam ta’minlangan imkoniyati cheklangan bugungi kunda “Ayollar daftari”,”Yoshlar daftar” ga kiritilgan yoshlar va ayollar, maktab internati tarbiyalanuvchilar, institutdagi texnik xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan xayriya tadbirini institut rektori Sh.Sharipov ochib berdi.

“Davlat rahbari Sh.Mirziyoev har bir uchrashuvda va yig‘inlarda  tez-tez har bir oliy o‘quv yurti yon-atrofidagi mahallalar uchun ma’naviyat markazi, madaniyat o‘chog‘i bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlaydi. Jizzax davlat pedagogika instituti bugungi kunda viloyatimizning Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sh.Rashidov tumanlari hamda Jizzax shaxridagi 10 ta mahallalar bilan yaqin hamkorlik ishlarini amalga oshirmokda. Ayni kungacha  mahallalardagi uyushmagan yoshlari bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yildi,  iqtidorli yoshlar aniqlandi, imkoniyati cheklangan, xususan, «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yigit-qizlar turli to‘garaklarga jalb etildi,  Har bir mahallada  bitiruvchi sinflar o‘quvchilari, ularning ota-onalari bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Oliygoh homiyligiga olingan  maktab bitiruvchilari, institut professor-o‘qituvchilarining beg‘araz  darslar o‘tishi natijasida yurtimizdagi turli oliygohlarning talabalariga aylanishdi. Bu esa mana shunday  xayrli va savobli ishlarning aks-sadosi desak yanlishmaymiz. Bugungi o‘tkazilayotgan tadbir ham aslida mana shu ishlarning mantiqiy davomidir. O‘z oldimizga qo‘ygan ezgu maqsadlarimizdan bittasi mehr-muhabbatga, e’tiborga  va ko‘makka muxtoj insonlar holidan xabar olish, xayrli ishni to‘xtatmaslik. Tadbirga kelganlar ko‘zidagi quvonch va zavq bizga yanada yaxshiroq ishlashga, yangi g‘oyalar ustida ishlashga turtki beradi” -deydi institut rektori Sh.Sharipov

Jizzax davlat pedagogika instituti Magistrlar bo‘limi tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan konsert dasturida elimiz e’tirofidagi sa’natkorlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist  N.Saidova, so‘z ustasi M.Sherboevalar tomonidan kuylangan qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, mehr-muhabbatga e’tiborga muhtoj insonlar qalbiga iliqlik olib kirdi. Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilarga institut rektori Sh.Sharipov  boshchiligida bayram sovg‘alari  ulashildi.

O‘zaro hurmat, mehr-oqibat, ezgulik, xayr-sahovat va shukronalik tuyg‘ulari xalqimizning ma’naviy hayoti, milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas qismi bo‘lib kelgan. “Biz turlimiz, Biz tengmiz” shiori  ostida o‘tkazilgan tadbir tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, chin insoniy fazilatlarni mustahkamlash, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi “mehr va oqibat”  bayramiga aylanib ketdi.


Ulashish:
1 784
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...