Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/10/2021
Chop etish
«Saylov–2021: Kelajaging uchun ovoz ber!»

TARG‘IBOT POEZDI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan  «Saylov–2021: Kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostida tashkil etilgan  «Targ‘ibot poezdi» loyihasi a’zolaridan iborat jamoa  Jizzax davlat pedagogika institutiga yetib keldi. Oliygohning Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda targ‘ibotchilar va yosh saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil qilindi.   Muloqot davomida saylov qonunchiligi,  unga kiritilgan o‘zgarishlar,  siyosiy tadbirning mazmun-mohiyati xususida  so‘z bordi. Savol javoblar, qiziqarli bahs-munozara shaklida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda  talaba yoshlarning muhim siyosiy tadbirlarimizdan biri saylov to‘g‘risidagi  bilimlari yana bir bor  sinovdan o‘tkazildi.


Ulashish:
1 833
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.