Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/06/2021
Chop etish
Institut va mahalla: hamkorlik davom etmoqda

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika isntituti  Jismoniy madaniyat fakulteti “Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili  asosida  Baxmal tumani Saroy maxallasida yoshlarni qo‘llab quvvatlash  maqsadida “Biz yoshlar bilan birgamiz” mavzusidagi amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazishdi. Baxmal tumani Saroy MFY ni hududidagi 30 umumta’lim maktabi shu kuni erta tongdan gavjum bo‘ldi djesak xato qilmagan bo‘lamiz . Dastlab  Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari ta’lim maskanining bitiruvchi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil qilishdi. Tadbirda yaqindagina boks bo‘yicha jaxon chempioni bo‘lgan Jaxongir Zokirov ham ishtirok etdi. Uchrushuvda yoshlar nafaqat o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, balki Jizzax davlat pedagogika institutida yaratilgan sharoitlar bepul tayyorlov kurslari haqida ham to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishdi. Kuninng ikkinchi yarmida institut jamoasi mahalladagi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va uyushmagan yoshlar bilan ham suhbat olib borishdi. Shundan so‘ng bayram munosabati bilan tashkil etilgan badiiy dastur namoyish etildi. Unda so‘z ustasi G. Xudoynazarov hamda Sa’natshunoslik fakulteti jamoasining musiqiy  chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 


Ulashish:
1 727
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.