Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/05/2021
Chop etish
“1+1” dasturi amalda

Jizzax davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri va professor-o‘qituvchilari “1+1” dasturi doirasida Jizzax viloyati Zomin tumani  16-umumta’lim maktabida  bo‘lib qaytishdi.

Ta’kidlash joiz “1+1” dasturi Jizzax davlat pedagogika instituti rektorining 2021 yil 23 martdagi 160-U-buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Ushbu dasturda umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan bir nafar o‘quvchiga bir nafar professor-o‘qituvchi biriktirilishi, professor-o‘qituvchi biriktirilgan o‘quvchining o‘quv-tarbiyaviy faoliyatida, ma’lum bir fan bo‘yicha fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko‘rsatishida metodik yordam ko‘rsatishi belgilangan. Shu buyruq asosida Jizzax davlat pedagogika instituti Masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri, PhD Umarov Ilhom Akbarovichning Zomin tumani Xalq ta’lim boshqarmasi 16-umumta’lim maktabining 8-sinfida tahsil oluvchi Anarboeva Aziza bilan o‘quv-tarbiyaviy jarayonda birgalikda ishlashi yo‘lga qo‘yilgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘quvchilarni ma’lum bir fan bo‘yicha fan olimpiadalariga tayyorlash tizimi, Respublika oliy ta’lim muassasalari qabul kvotalari, kirish ballari , Oliygohlarga kirishni xohlovchi abiturientlar uchun hukumat tomonidan beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek ushbu tadbir doirasida  O‘quvchilar o‘rtasida “Milliy adabiyotimiz namunalari” mavzusida badiiy asarlar tanlovini o‘tkazish masalalari  ham  muhokama qilindi.


Ulashish:
1 726
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...