Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/02/2021
Chop etish
Shohlarning shoiri va shoirlarning shohi

14 fevral – ulug‘ ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni.

Bu yil shoir tavalludiga 538 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti “Shox va shoir” mavzusida adabiy-ma’rifiy kecha tashkil qildi.

Unda so‘zga chiqqanlar bu sana nafaqat shoirlar uchun, balki tarixchilaru olimlar, harbiylaru hattotlar, umuman, o‘zini shu millatga daxldor deb bilgan har bir inson uchun ulkan bayram sifatida nishonlanishini, Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat ulug‘ shoir, balki adolatli sulton, mohir sarkarda, ravon uslubdagi “Xatti Boburiy” ni yaratgan chevar hattot, mardona uslubi, ruhi, go‘zal adabiy-badiiy tili, tarixiy haqiqatligi bilan Osiyodagina emas, butun dunyoda ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan “Boburnoma” tarixiy-memuar asarini bitgan mahoratli adib, haqgo‘y tarixchi, inson ruhiyati, xarakterini nozik chizgilarda ifoda eta oladigan betakror ruhshunos, buyuk olim sifatida ham shuhrat qozongan bir shaxs ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

Eng yirik tarixiy shaxslardan biri Z.M.Boburga bag‘ishlangan kecha so‘ngida talabalar uning ruboiy va  g‘azallaridan parchalar o‘qib berishdi. Bu ko‘hna olam shohlaru, sultonlarni ko‘p ko‘rgan, Vatandan yiroqqa ketishga majbur bo‘lish, o‘z orzularini o‘zga yurtda amalga oshirishga intilgan dilbar shaxs Boburning o‘y kechinmalari, hayoti aks ettirilgan sahnaviy ko‘rinishlar kechaga yakun yasadi.


Ulashish:
1 605
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.