21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant tashkil etildi.
Tadbir Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.











Diktantning asosiy maqsadi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, milliy tilga hurmatni mustahkamlash, ishtirokchilarning imloviy savodxonligini aniqlash hamda yozma nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat.




Jarayonda ishtirokchilar o‘zbek tilining imlo qoidalari, tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanish va so‘zlarni bexato yozish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Diktant ishtirokchilarning yozma savodxonligini baholash, davlat tilida ish yuritish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
