Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi katta o‘qituvchisi Ishmuhamedov Ravshan Djurayevich ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.





18–19-sentabr kunlari o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda birinchi va ikkinchi guruh mentorlarining faoliyati yuzasidan davra suhbati, ijodiy hisobotlar hamda mualliflik ishlari taqdimotlari tashkil etildi. Hisobotlar davomida mentorlar o‘z faoliyati, amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarni namoyish etdilar.









Ayniqsa, ijodiy hisobotlar jarayonida sahna ko‘rinishlari, ijodiy chiqishlar va amaliy namoyishlar tashkil etilib, mentorlarning pedagogik yondashuvlari hamda jamoaviy ishlash tajribasi ko‘rsatib berildi. Ikkinchi guruh mentorlarining mualliflik ishlari himoyasi davomida esa yaratilgan ishlanmalar va metodik yondashuvlar taqdim etildi.








Shuningdek, Malayziyada malaka oshirib qaytgan professor-o‘qituvchilarning ijodiy chiqishlari tinglanib, xorijiy tajribaning ta’lim jarayonidagi amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.





Seminar-treninglar universitet Madaniyat saroyi hamda ARM aylana zalida tashkil etilib, unda professor-o‘qituvchilar va mentorlar faol ishtirok etdilar.
