Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida 2-bosqich talabalari uchun “O‘zbek adabiyoti” fanidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda ishtirok etdi. Darsda Alisher Navoiy ijodi va uning adabiy an’analarining Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga ta’siri, Oybekning “Navoiy” hamda Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanlari yuzasidan fikr almashildi.









Mashg‘ulot o‘zbek va turk tillarida olib borilib, talabalar bilan faol muloqot va savol-javoblar tashkil etildi. Xorijiy olim ishtirokidagi mazkur dars talabalarning o‘zbek adabiyoti, xususan, mumtoz va zamonaviy adabiyot namoyandalari ijodiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
