Jizzax davlat pedagogika universitetida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida “O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda, asosan, 1-kurs talabalari faol ishtirok etib, O‘zbekistonning buguni va kelajagi, Vatanga muhabbat hamda yoshlarning ezgu orzu-intilishlarini o‘z ijodiy ishlari orqali aks ettirdilar.












Tanlov Amaliy fanlar pedagogika oliy maktabi binosida o’tkazildi. Tanlov yakunida ishtirokchilarning ijodiy ishlari hakamlar hay’ati a’zolariga taqdim etildi.Tanlov natijalari tez orada e’lon qilinadi.
