Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/08/2026
Chop etish
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va tozalik ishlari yuzasidan suhbatlashdi.

Muloqot davomida universitet hududining obodligi, sanitariya va tozalik holatini doimiy ravishda ta’minlash, yashil hududlarni parvarishlash, bino va inshootlardan samarali foydalanish hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini sifatli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Rektor ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan xodimlarning mehnati universitetning umumiy qiyofasi, qulay va ozoda ta’lim muhitini yaratishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, ishlarni yanada tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlarni berdi.

Uchrashuv davomida ko‘p yillardan buyon universitetda samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

E’tirof etilgan xodimlarga universitet ravnaqi yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati, fidoyiligi va mas’uliyatli faoliyati uchun minnatdorlik bildirildi.


Ulashish:
167
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...