Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
Jonli efirda Xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, qabul bo‘yicha mas’ul Javohir Turkboyev, qabul bo‘yicha mas’ul kotib Diyor Tursunov hamda Talabalar turar joylari masalalari bo‘yicha Call-markaz mas’uli Ibrohim Abduvaliyev ishtirok etdi.


Suhbat davomida qo‘shma ta’lim dasturlarining afzalliklari va imkoniyatlari, ta’lim jarayoni va darslar tashkil etiladigan binolar, xorijiy diplomning imkoniyatlari, o‘qish bilan bir vaqtda mehnat faoliyatini olib borish, kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish tartibi hamda o‘qish davomida til sertifikatiga qo‘yiladigan talablar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.


Shuningdek, super-kontrakt, talabalarni TTJga joylashtirish va boshqa qabul jarayonlariga oid savollarga ham mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi. Ovozli chatda 100 ga yaqin ishtirokchi qatnashib, onlayn bot orqali kelib tushgan savollar ham jonli efir davomida ko‘rib chiqildi.
