Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Universitetda jami 174 nafar talabgor suhbat asosidagi imtihonlarda ishtirok etishi belgilangan. Birinchi kun Maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 1- va 2-guruhlarida imtihonda qatnashishi lozim bo‘lgan 56 nafar talabgordan 47 nafari suhbatda ishtirok etdi.






Bugun, 12-avgust kuni Maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 3- va 4-guruhlaridagi jami 56 nafar talabgor uchun imtihonlar to‘liq ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda.
📹 Imtihon jarayonlarini jonli efirda kuzatish mumkin:
