Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Tanlovning ikkinchi kunida nomzodlar “O‘zbekiston tarixi” fanidan suhbat jarayonida ishtirok etdilar. Suhbat davomida ishtirokchilarning Vatanimiz tarixi, milliy davlatchilik an’analari, tarixiy meros, mustaqillik davrida amalga oshirilgan islohotlar hamda tarixiy tafakkurga oid bilim va tahliliy fikrlash ko‘nikmalari baholandi.






Komissiya a’zolari tomonidan har bir nomzodning bilim saviyasi, mantiqiy fikrlashi, savollarga aniq va asosli javob bera olishi xolislik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida baholandi.







Nomdor davlat stipendiyalariga saralash jarayonlari belgilangan nizom va mezonlar asosida izchil davom ettirilmoqda. Universitet bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan nomzodlar tanlovning keyingi – respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
