Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talabgorlarning ilmiy va ijodiy faoliyati, stipendiya tanlovlariga tayyorgarlik jarayonlari hamda belgilangan talablar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.









Shuningdek, bugundan boshlab talabgor talabalar uchun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan test sinovlari tashkil etilib, belgilangan tartibda o‘tkazilmoqda.






Mazkur jarayonlar talabalarning bilim va salohiyatini yanada oshirish, ularni davlat stipendiyalari tanlovlariga munosib tayyorlashga xizmat qiladi.
