Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok etmoqda.
Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limi hamda Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida o‘tkazilmoqda.
Birinchi kun yakunlari (14-iyul):
• Test sinovlarida 3 574 nafar abituriyent ishtirok etdi (rejalashtirilganlarning 93,1 foizi).
• 2 nafar abituriyent taqiqlangan vositalarni olib kirishga uringani uchun test sinovidan chetlashtirildi.
• 266 nafar abituriyent esa test sinoviga kelmadi yoki kechikib keldi.






Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi test sinovlarining tartibli va uyushqoqlik bilan o‘tishini ta’minlashda faol ishtirok etmoqda.
