Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/06/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda qabul jarayonlarini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulay shart-sharoitlar yaratish, murojaatlarga tezkor va xolis munosabatda bo‘lish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, qabul komissiyasi a’zolarining vazifa va mas’uliyatlari yana bir bor belgilab berildi. Har bir mas’ul xodimga o‘z faoliyatini yuksak mas’uliyat, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etish, qabul jarayonlarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish davomida qabul kampaniyasiga oid targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish, aholi va yoshlarga qabul shartlari hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida tezkor va ishonchli ma’lumot yetkazish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.


Ulashish:
3 013
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Yangi imkoniyatlar va yangi maqsadlar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurоdov va Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori ishtirokida talaba-yoshlar bilan “Yangi imkoniyatlar va yangi maqsadlar” mavzusida...
Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.