O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish, milliy madaniyatimizni keng targ‘ib etish bo‘yicha belgilangan vazifalari hamda 1-iyun kuni madaniyat va san’at xodimlari bilan uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar ijrosi doirasida Jizzax viloyati Yunus Rajabiy nomidagi musiqali drama teatrida “San’atimiz sarhadlaridan sadolar” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalari hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandalari Feruza Baymanova va Qutlug‘ Haydarov ishtirokida tashkil etilgan konsert tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.





Jonli ijroda yangragan milliy qo‘shiqlar, katta ashula namunalari, maqom va xalq kuylari hamda raqs chiqishlari san’at ixlosmandlari tomonidan iliq qarshi olindi.



Tadbirda so‘zga chiqqan universitet rektori mazkur konsert mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasi ekanini ta’kidlab, uning tashkilotchilari, ijodkorlari va ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi.




Mazmunan boy va yuksak badiiy saviyada tashkil etilgan konsert dasturi professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda barcha san’at muxlislarida unutilmas taassurot qoldirdi.
