Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/05/2026
Chop etish
“Yoshlar bilan ochiq muloqot: Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining TTJga tashrifi”

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Toirovich Qodirov Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan 4-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mas’ullar va yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Samimiy va sokin muhitda, kechki gulxan atrofida o‘tgan suhbatda talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.

 

General-mayor dastlab TTJ hududini aylanib chiqib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, “Qalqon” guruhi faoliyati ko‘zdan kechirilib, talabalar ishtirokida o‘tkazilayotgan sport mashg‘ulotlari va o‘yinlar kuzatildi.

Suhbat davomida ichki ishlar organlaridagi mas’uliyatli xizmat, jamiyatda tartib va xavfsizlikni ta’minlashning ahamiyati hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari haqida batafsil fikr almashildi.

Tadbir yakunida talabalarning ijodiy chiqishlari namoyish etildi.


Ulashish:
474
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...