“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi basketbol bo‘yicha hududiy musobaqalarga Jizzax davlat pedagogika universiteti mezbonlik qilmoqda.
Musobaqalarda 4 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etmoqda. Maydondagi keskin qarama-qarshiliklar, tezkor hujum va aniq zarbalar bahslarga yanada shiddat bag‘ishlamoqda.





