Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi kurs talabalarini kasbiy rivojlanishga tayyorlash maqsadida sinov jarayonlari tashkil etildi.
Ushbu tizim pedagogika OTMlari orasida ilk bor yo‘lga qo‘yilib, talabalarni kasbiy sertifikatlash jarayoniga bosqichma-bosqich tayyorlashga xizmat qilmoqda.



Sinov testlari mutaxassislik fanlari va pedagogik mahoratni qamrab olgan 50 ta savol asosida o‘tkazilib, talabalarning nazariy va amaliy ko‘nikmalari kompleks baholanmoqda.



Natijalar asosida individual ishlash, qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish va o‘quv dasturlarini takomillashtirish choralari ko‘rilmoqda.



Mazkur yondashuv ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.
