Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/04/2026
Chop etish
JDPUda akademik Ibragimov Xolboy Ibragimovich ishtirokida doktorantlar bilan ilmiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda dissertatsiya ishining metodologik asoslari, ilmiy tadqiqot dizayni, muammo qo‘yish, gipoteza ishlab chiqish, ilmiy yangilik va nazariy-amaliy ahamiyatni asoslash, shuningdek, adabiyotlar tahlili va maqola yozish texnologiyalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Akademik tomonidan ilmiy natijalarni tizimlashtirish, maqolalarni nufuzli jurnallarga tayyorlash, tadqiqotning metod va metodikalarini to‘g‘ri tanlash hamda dissertatsiya ishini rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.

 


Ulashish:
814
Boshqa rubrikalarda mashhur

Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida kurs vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogikauniversiteti  Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida har bir kurs vakillaridan iborat “kurs qo‘mitalari” faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.
JDPUda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Universitetning Ijtimoiy fanlar pedagogika oliy maktabi, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni...
JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...