Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/04/2026
Chop etish
“Muvaffaqiyat siri”: Zulfiya mukofoti sovrindorlari bilan davra suhbati o‘tkazildi

Mazkur tadbir universitet rektori Maqsudjon Yuldashev tashabbusi bilan tashkil etildi.

So‘zga chiqqanlar bu kabi uchrashuvlar yoshlar, ayniqsa iqtidorli qizlar uchun muhim motivatsiya manbai ekanini ta’kidlab, bunday muloqotlar davom ettirilishini qayd etdilar.

Davra suhbatida respublikamizning turli hududlaridan 2025–2026-yillarda Zulfiya davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan 11 nafar qiz ishtirok etdi. Ular o‘z muvaffaqiyat yo‘li va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, talabalarning savollariga batafsil javob berdilar.

Universitet Madaniyat saroyida o‘tkazilgan davra suhbatida viloyat hokimi o‘rinbosari Gulnora Normurodova ishtirok etib, tadbirni mazmunli fikrlar bilan davom ettirdi.

Uchrashuv doirasida Zulfiya mukofoti sohibasi Mehribon Abdurazzoqova tomonidan Zulfiya she’ri asosida yaratilgan “Bu bog‘lar” qo‘shig‘i ijro etilib, barcha ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

Ta’kidlash joiz, bugungi kunga qadar Jizzax viloyatidan 36 nafar qiz Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ularning 10 nafari mazkur universitet bitiruvchilari hisoblanadi.


Ulashish:
2 158
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...