Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/04/2026
Chop etish
JDPUda Amir Temur merosiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Amir Temur va temuriylar davri merosi: davlatchilik, harbiy san’at, ilm-fan va ma’naviy taraqqiyot fenomeni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

Anjumanning rasmiy ochilish marosimi ilmiy ishlar va innovatsilar bo‘yicha proretkor Anora Jabboravaning kirish so‘zi bilan boshlandi.

Shundan so‘ng Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari Iqboloy Umarova tomonidan tabrik so‘zi bildirildi.

Yalpi majlisda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan olimlar tomonidan Amir Temur shaxsiyati, temuriylar davridagi ilm-fan, madaniyat va davlatchilik masalalariga oid dolzarb ma’ruzalar tinglandi.

Kun davomida anjuman o‘z ishini sho‘ba yig‘ilishlarida davom ettirdi.

Unda tarix, siyosiy-iqtisodiy munosabatlar, ilm-fan va madaniyat hamda xalqaro aloqalar yo‘nalishlarida ilmiy muhokamalar olib borildi. Yakuniy yig‘ilishda anjuman natijalari sarhisob qilinib, ilmiy xulosalar va takliflar bildirildi.


Ulashish:
787
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...