Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy bo‘linmasi rahbari Sur’at Isomiddinov tomonidan doktorantlar uchun seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilinadigan “Akademik harakatchanlik” dasturi, tanlovlarda ishtirok tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish va baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.








Shuningdek, tadqiqot loyihalarini to‘g‘ri shakllantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar taqdim etilib, doktorantlarning savollariga mutaxassislar tomonidan asosli va keng javoblar berildi. Tadbir ishtirokchilarga ilmiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun amaliy ko‘nikmalarni oshirish imkonini yaratdi.
