Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/04/2026
Chop etish
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga maxsus raqamlar va elektron chiplar tarqatildi.

Bugungi kunga qadar 1000 nafardan ziyod talaba perfend.com elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning barchasiga qatnashish uchun zarur jihozlar yetkazildi.

Shuningdek, dastlabki 500 nafar ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga motivatsiya maqsadida kepka, futbolka va sumkalar taqdim etildi.

Ular orasida 234 nafar JDPU talabasi ham bor. Qolgan ishtirokchilarga esa maxsus chiplar tarqatildi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 7-aprel kuni soat 07:00 da start oladi va 3 kilometr masofaga yugurishda barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etadi.


Ulashish:
456
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.