Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/04/2026
Chop etish
Zominda mazmunli dam olish sayohatlari davom etmoqda.

“Yaxshi dam – mehnatga hamdam” degan tamoyil asosida Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun har hafta dam olish tadbirlari tashkil etilmoqda. Navbatdagi sayohatda 15 nafardan iborat guruh Zomin milliy tabiat bog‘i hududida joylashgan dam olish maskanida bo‘lib qaytdi.

Mazkur sayohat nafaqat hordiq chiqarish, balki sog‘lom muhitda vaqt o‘tkazish va jamoaviy munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.

Zominning musaffo havosi va go‘zal tabiati ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ayni kunga qadar universitetning 400 dan ziyod xodimi ushbu maskanda dam olib qaytgan.


Ulashish:
455
Boshqa rubrikalarda mashhur

Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida kurs vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogikauniversiteti  Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida har bir kurs vakillaridan iborat “kurs qo‘mitalari” faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.
JDPUda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Universitetning Ijtimoiy fanlar pedagogika oliy maktabi, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni...
JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...