Filologiya fakultetida o‘tkazilgan “Ijod saboqlari” mavzusidagi adabiy kechada taniqli ijodkorlar – yozuvchi Abdurahmon Karimov, shoira va adabiyotshunos Zuhra Mamadaliyeva hamda yosh ijodkor Sirojiddin Karim ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Adabiy kecha davomida yoshlar o‘z savol va mulohazalarini bildirib, ijodiy faoliyatga qiziqishlarini namoyon etdilar.











Tadbirda she’riyat, hikoya, esse yozish san’ati va adabiyot sohasidagi so‘nggi yangiliklar muhokama qilindi, yoshlar ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.
