Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/03/2026
Chop etish
Sumalakdan tosh topdim — Navro‘z zavqi universitetda!

Bugun universitet Professorlar bog‘i adrasu-atlaslarga burkanib, haqiqiy bayramona muhitga aylandi.

Sumalak sayli boshlanib, talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar birgalikda milliy qadriyatlarimizning marvaridi — Navro‘z ayyomini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashmoqda. Milliy taomlar, qo‘shiq va raqslar, samimiy suhbatlar bayramga yanada fayz bag‘ishladi.

Ana shunday ko‘tarinki ruhda o‘tayotgan sayilga universitet rahbariyati ham tashrif buyurdi. Universitet rektori boshchiligidagi rahbariyat vakillari har bir ko‘rgazmali chiqishlar bilan yaqindan tanishib, sumalak kovlash marosimida ishtirok etishdi va ezgu niyatlar qilishdi.

Kuy-qo‘shiqlar sadosi atrofni to‘ldirib, universitet hududida haqiqiy bayramona muhitni yaratdi. “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin” degan ezgu tilaklar ostida talabalar va professor-o‘qituvchilar bayram taronalariga hamnafas bo‘lib, raqs va quvonchga oshno bo‘lishmoqda.


Ulashish:
494
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...