Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/03/2026
Chop etish
Inklyuziv yoshlar festivali doirasidagi tanlov va musobaqalar boshlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun qator tanlov va sport musobaqalari boshlandi. Mazkur festival inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash, talaba yoshlarning iqtidorini namoyon etish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Festival dasturiga muvofiq, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi talabalar o‘rtasida “Ijod va ilhom” ijodiy tanlovi tashkil etilib, unda qo‘shiqlar ijrosi, musiqa ijrochiligi hamda she’r o‘qish yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyish etmoqda. Tanlov universitet Madaniyat saroyida o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, tayanch-harakat tizimida muammosi mavjud talabalar uchun “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari ham tashkil etildi. Musobaqalar doirasida shaxmat-shashka, stol tennisi hamda yengil atletika bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

Sport musobaqalari jarayoniga universitet rektori ham tashrif buyurib, kar-soqov hamda ko‘zi ojiz talabalar bilan suhbatlashdi, ularning taklif va tashabbuslari bilan qiziqdi. Suhbat davomida inklyuziv talabalar jamiyatini tashkil etish hamda ushbu jamiyatga universitet rektori rais etib tayinlanishi rejalashtirilayotgani ta’kidlandi.Talabalar o‘zlari uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda o‘tkazilayotgan musobaqalar uchun universitet rahbariyatiga minnatdorlik bildirdilar. Ma’lumot o‘rnida, Inklyuziv yoshlar festivali doirasidagi tanlov va musobaqalar 16-mart kuni yakunlanadi.


Ulashish:
1 535
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...