Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/03/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida ayol o‘qituvchilar hamda talaba-onalar uchun yana bitta“Ona va bola” xonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ochilish marosimida universitet rahbariyati, faxriy ustozlar va talabalar ishtirok etdi. Mazkur xona bolalar uchun yotoq o‘rinlari, o‘yin maydonchalari, tibbiy vositalar hamda chaqaloqlarni xavfsiz oziqlantirish burchagi bilan jihozlangan. Xonada tarbiyachilar navbat asosida faoliyat yuritadi.

Ushbu loyiha talaba-onalarning farzandlari xavfsiz va nazorat ostida bo‘lishini ta’minlab, ularning dars mashg‘ulotlarida xotirjam ishtirok etishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi.


Ulashish:
1 414
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Universitetning Ijtimoiy fanlar pedagogika oliy maktabi, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni...
JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...